Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning tarixidir. 1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.

Universitetda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Iqtisodiyot fakulteti “O’zbek ( rus ) tili” kafedrasi tomonidan “Til – millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda o‘zbek tilining kechagi kuni, buguni va istiqboli, savodxonlik, har bir O‘zbekiston fuqarosining davlat tiliga zakiylik va mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi xususida batafsil to‘xtaldi, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram