1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi va ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. 1993-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti “O‘zbek (rus) tili” kafedrasi professor- o‘qituvchilari tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 14-oktabr kuni universitetning 250- auditoriyasida “Savodxonligimiz – ona tilimizning boqiyligi” deb nomlangan tanlov o‘tkazildi. Tanlovda universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari qatnashdilar.
Tanlov qatnashchilari tomonidan savodxonlik diktanti uchun “Til – millatning ma’naviy boyligidir” mavzusi tanlandi