Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Times Higher Education reyting

Universitet uchun tarixiy voqea! Dunyo OTMlari uchun eng nafuzli Times Higher Education reytingidan joy olish uchun universitet arizasi va taqdimoti qabul qilindi. Ma’lumot uchun: dunyo universitetlarining reytingini aniqlash bo‘yicha Times Higher Education kabi nufuzli agentliklar asosiy e’tiborni ilmiy faoliyatga qaratishadi. Ya’ni 72% ilmiy faoliyatga, 16% o‘quv jarayoniga va 12% boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi. Bu borada Toshkent davlat transport universitetida ham maxsus ishchi guruh tuzilib, keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan hamda ular tomonidan to’plangan materiallar THE (Times Higher Education) reyting tashkilotiga yuborilgan edi. 2021 yilning 8 noyabr kuni reyting agentligi tomonidan iliq fikrlar yozilgan javob xati keldi hamda bizning ushbu sa’y-harakatlarimiz yuksak qadrlanib, yuqori natijalarni qayd etishiga katta ishonch bildirildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram