Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent aeroportida bagaj bo‘linmasining ishi namoyish etila boshlandi

Toshkent aeroportida bagaj bo‘linmasining ishi namoyish etila boshlandi

Endilikda “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelgan yo‘lovchilar o‘z bagajlarini onlayn-efir orqali tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Bagaj bo‘linmasidan olingan video uchish zalida ikki tomondagi yuk lentalarining tepasiga o‘rnatilgan monitorlarda ko‘rsatiladi.

“Biz yuklarini kutayotgan yo‘lovchilar uchun bagaj bo‘linmasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishni yo‘lga qo‘ydik. Bu dunyoning ko‘plab aeroportlarida qo‘llanilayotgan tajriba. Bagaj lentaga tushiriladi va har bir kishi o‘z narsalariga qanday munosabatda bo‘layotganini ko‘rishi mumkin. Shuningdek, bu yukchilarni ham intizomga chaqiradi, chunki ular kameralar orqali video uchib kelish zalida ko‘rsatayotgani haqida ogohlantiriladi. Bundan tashqari, hozirda hendling kompaniyasi bagajni kutish vaqtiga katta e’tibor qaratmoqda – bu o‘rtacha 20 daqiqadan oshmasligi kerak”, – deydi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Ta’kidlash joizki, “Toshkent” xalqaro aeroportida bunday yangilik ilk marotaba amalga oshirildi va yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga, shuningdek, boshqaruv kompaniyasi hamda aeroportning ochiq axborot siyosatini shakllantirishga qaratildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!