Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat ko’rsatadi.

«Biz yo‘lovchilardan terminallarni bir-biriga bog’lash bilan bog’liq ko‘plab murojaatlar oldik. Yo’lovchilar ayrim hollarda terminallarda adashtirib noto’g’ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul — taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airports terminallararo qatnovchi avtobusni test rejimida yo‘lga qo‘yishga qaror qildi», — deya izox berdi boshqaruv kompaniyasi matbuot xizmati.

Terminallararo transport har soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviakoqatnovlar terminalida avtobus jo’nab ketish zali yonidagi to’xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo’lak bo’ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi. Avtobus xizmatlaridan hamma barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!