Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi BNTUga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi BNTUga tashrif buyurdi

Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Belarus Milliy texnika universitetining Marketing, menejment, tadbirkorlik fakulteti vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Belarus tomonidan FMMP dekani Aleksey Vasilevich Danilchenko va Biznes boshqaruvi kafedrasi mudiri Elena Vasilevna Bertosh ishtirok etdi. Toshkent davlat transport universiteti tomonidan TDTU – BNTU qo‘shma fakulteti dekan o‘rinbosari Vildanova Luiza Anvarovna va “Korporativ boshqaruv” kafedrasi mudiri Ziyodulla Nosirovich Rahmatovlar ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muvaffaqiyatli oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!