Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Qalandarovich Abduraxmanov boshchiligidagi delegatsiya Minsk avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida BNTUda o’qiyotgan talabalarni amaliyot davri, Minsk avtomobil zavodida tashkil etilgan o’quv markazida o’qish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, Minsk avtomobil zavodidan chiqarilayotgan yuk tashish mashinalari, elektrobuslar, 200 dan ortiq avtomobillar parki bilan tanishishdi. Belarus milliy texnika universiteti va Minsk avtomobil zavodi hamkorligida tashkil etilgan tashrif buyurildi. O’quv markazida talabalarning o’qishi uchun yaratilgan sharoitlar, o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqligi, amaliyot davrida qayerda ishlashi mumkinligi va o’zini malakasini oshirishi Minsk avtomobil zavodi bosh konstruktri Vladimir Nikitin tanishtirib o’tdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!