Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Karag‘anda texnika universiteti doktoranti Toshkent davlat transport universitetida stajirovka о‘tamoqda

Karag‘anda texnika universiteti doktoranti Toshkent davlat transport universitetida stajirovka о‘tamoqda

Toshkent davlat transport universiteti va Karag‘anda texnika universiteti о‘rtasida 2020 yil 25 sentabrda imzolangan hamkorlik memorandumi hamda 2022 yil 1 fevralda imzolangan “Qо‘shimcha kasbiy malaka oshirish dasturini amalga oshirish bо‘yicha pullik ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish tо‘g‘risida”gi 08-1/2022-sonli shartnomaga asosan QarTU doktoranti Kuanishbayev Adiljan Bolatovich joriy yilning 14 fevralidan 3 martiga qadar TDTUda xorijiy stajirovka о‘tamoqda.
Doktorant A.B. Kuanishbayevga stajirovka о‘tash bо‘yicha ilmiy rahbar etib “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi professori v.b. SH.M. Suyunbayev tayinlangan. A.B. Kuanishbayev stajirovka dasturi doirasida “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJda yuk oqimlarining ortishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, sonoat temir yо‘l transporti korxonalarida yuklarni qayta ishlash, yuk tashish texnikalaridan samarali foydalanish va sanoat transporti temir yо‘l sexlari texnologik jarayonlarini optimallashtirish masalalari bо‘yicha ta’lim olish, malaka almashish va tajriba orttirish belgilangan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!