Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti hamda Belorussiya milliy texnika universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent davlat transport universiteti hamda Belorussiya milliy texnika universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 21-may kuni Toshkent davlat transport universitetiga Belorussiya milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvning birinchi qismida Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abduraxmanov Belorussiya milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich bilan 2022-2023 yilga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarning kelajakdagi rejasi, yangi ochiladigan taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini ochish boʻyicha shartnomalar imzolandi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Qo‘shma fakultet dekani, Transport universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i hamda Belorussiya milliy texnika universiteti rahbariyati Transport universitetining Maqsud Shayxzoda zalida Qo‘shma fakultet talabalari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ota-onalar va talabalarning savollariga BMTU rahbariyati tomonidan to‘liq javob berildi hamda Qo‘shma fakultetning iqtidorli talabalariga Belorussiya milliy texnika universiteti rektori tomonidan “Yozgi lager” yo‘llanmasi berildi hamda faol talabalarning ota-onalariga “Minnatdorchilik xati” topshirildi. O‘tkazilgan uchrashuv ota-onalarda yaxshi taʼsurot qoldirdi va kelajakda bunday uchrashuvlarni yana tashkil etish rejalashtirildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!