Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti hamda Istanbul Aydin universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent davlat transport universiteti hamda Istanbul Aydin universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 20-may kuni Toshkent davlat transport universitetiga Istanbul Aydin universiteti taʼsischisi va direktorlar kengashi raisi doktor Mustafa Aydin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abduraxmanov Istanbul Aydin universiteti taʼsischisi va direktorlar kengashi raisi doktor Mustafa Aydin bilan universitetlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish, talabalar almashinuvi, yozgi ta’lim dasturlari, fakultetlar o’rtasida qisqa va uzoq muddatli tashriflar almashinuvi, tadqiqot loyihalari, qo’shma seminarlar, konferentsiyalar tashkil etish bo’yicha hamkorlik qilish muhokama qilindi. Toshkent davlat transport universiteti hamda Istanbul Aydin universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Uchrashuvning ikkinchi qismida doktor Mustafa Aydin Toshkent davlat transport universiteti Faxriy doktori unvoni berildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!