Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Yashnobod tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyida tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Yashnobod tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyida tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.X.Xaratova, “Chet tillar” kafedrasi katta o‘qituvchilariSh.I.Sheraliyeva, X.Sh. Axmatova, Sh.I.Mansurova va D.M.Normirzayevalarning Toshkent Shahar Yashnobod tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyida “Ramazon Xayit ayyomiga” bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirda 30-sonli mehribonlik uyi rahbariyati, tarbiyalanuvchilar va “Chet tillar” kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirning maqsadi 30- sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘ksik qalblariga Ramazon Xayiti bayram shukuhini olib kirish bo‘ldi.
So‘zga Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.b.dotsent Sh.X.Xaratova chiqib, avvalo tadbirda ishtirok etayotganlarni Xayit bayrami bilan tabrikladi. So‘ngra Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti “Chet tillar” kafedrasi katta o‘qituvchilari Sh.I.Sheraliyeva, X.Sh. Axmatova, Sh.I.Mansurova va D.M.Normirzayevalarning tashrifining maqsadi bilan tanishtirdi. Suhbat qizg‘in viktorina savol-javoblar o‘yiniga o‘tib ketdi. O‘qituvchilar bolalarga turli sohalarda savollar berishdi, bu savollar matematika, tarix, geografiya, adabiyot, rus, o‘zbek va ingliz tillari fanlariga tegishli bo‘lib, tarbiyalanuvchilar bajonidil javoblar berishdi.

Tadbir so‘nggida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga esdalik sifatida sovg‘alar, ya’ni o‘quv qurollari berildi. Tarbiyalanuvchilar xursand bo‘lib ketishdi va ketma- ket minnatdorchilik bildirishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!