Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot yoʻnalishi bitiruvchi talabalari diplom ishlarini himoya qilmoqda

Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot yoʻnalishi bitiruvchi talabalari diplom ishlarini himoya qilmoqda

“Toshkent mintaqaviy temir yoʼl uzeli” unitar korxonasida Toshkent davlat transport universitetining iqtisodiyot yoʼnalishi boʼyicha bitiruvchi talabalari diplom ishlarini himoya qildi. Unda universitet oʼqituvchilari bilan birga, uzelda faoliyat olib borayotgan tajribali iqtisodchi mutaxassislar ham qatnashib, boʻlgʻusi iqtisodchilarning bilimlarini sinovdan oʼtkazib, diplom ishlarini munosib baholab bordilar.

Shuningdek, mutaxassislar talabalarga 4 yil davomida universitetda olgan bilimlarini amaliyotda keng qoʻllab, nafaqat transport sohasida, balki, iqtisod bilan bogʻliq barcha sohalarda ham keng tadbiq qilib, koʻproq tajriba orttirishlari, shu orqali yurtimiz iqtisodiyotini bundanda rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshishlari borasida tavsiyalar berib oʼtdilar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!