Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi” kafedrasi mudiri Otabek Xamidov va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i Baxtiyor Baymanov uchrashdi.

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi” kafedrasi mudiri Otabek Xamidov va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i Baxtiyor Baymanov uchrashdi.

Uchrashuvda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibidagi lokomotiv xo’jaligi korxonalarini raqamlashtirish, lokomotivlarni boshqarishda sun’iy intelektni joriy etish, togʼli uchastkalarda poezdlarni boshqarish rejim kartalarini tuzish, oʼtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish boʼyicha yoʼriqnomalar ishlab chiqish va tadbiq qilish orqali o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratildi.
Lokomotivlar va motor-vagon harakat tarkibi ekspluatatsiyasi va xizmat koʼrsatish boʼyicha barcha zarur texnik va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish, ilm-fan, ishlab chiqarish, taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlaridagi muammoli mavzularni bazasini shakllantirish va ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha kafedra (Universitet) bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish kabi dolzarb yo‘nalishlardagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflar berildi.
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i Baxtiyor Baymanov universitet vakilining takliflarini ma’qulladi. Hhamkorlikda ilmiy loyihalar va talabalarning stajirovka dasturlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi.
Muzokara so‘ngida Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi” kafedrasi va Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yuzasidan shartnoma imzolandi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram