Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti professori S.F.Amirov “Ixtirochilik uchun” medali bilan taqdirlandi

Toshkent davlat transport universiteti professori S.F.Amirov “Ixtirochilik uchun” medali bilan taqdirlandi

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi majlislar zalida 26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan an’anaviy o’tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g’oliblari hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun”, “Ijodkorlik uchun” medallari va “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Tanlovda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, yosh ilmiy-izlanuvchilarning 100 dan ortiq ishlari kо‘rib chiqilgan.

Tadbirda respublika oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar professorlari, ilmiy-izlanuvchi olimlar, tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tanlovda respublikamiz viloyatlaridan “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi”, “Eng yaxshi seleksiya yutugʼi obʼyektlari” nominatsiyalari bо‘yicha hujjatlar kо‘rib chiqilgan. Mazkur tanlov natijalari bо‘yicha universitetimiz professori, t.f.d. Amirov Sulton Fayzullayevich “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun” medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: 2021 yil davomida universitet olimlari tomonidan jami 21ta ixtiro va foydali model uchun patent olingan bо‘lsa, shundan 8tasi (38%) professor S.F.Amirov rahbarligida amalga oshirilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!