Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti qo‘shma fakultetida Belarus Milliy texnika universiteti avtomobil-traktor fakulteti iqtisodiyot va logistika kafedrasi bilan hamkorlikda “Logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvini rivojlantirish” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat transport universiteti qo‘shma fakultetida Belarus Milliy texnika universiteti avtomobil-traktor fakulteti iqtisodiyot va logistika kafedrasi bilan hamkorlikda “Logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvini rivojlantirish” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchi bo‘lgan Belarus Milliy Texnika Universiteti Avtomobil-traktor fakultetining Iqtisodiyot va logistika kafedrasi va Toshkent davlat transport universiteti qo‘shma fakulteti tomonidan Xalqaro talabalar konferensiyasi formatida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman “Ijod va innovatsiya – 2021” xalqaro yoshlar forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Unda Belarus milliy texnika universiteti (BMTU), Belarus davlat universiteti (BDU), Belarus davlat iqtisodiyot universiteti (BSEU), Belarus davlat transport universiteti (BelSUT), Polotsk davlat universiteti (PSU), Yanka Kupala nomidagi Grodno davlati universiteti (GDU), Belarus-Rossiya universiteti (BRU), shuningdek, Xarkov savdo-iqtisodiyot institute va Ukraina muhandislik-pedagogika akademiyasi talabalari va magistrantlari ishtirok etdi.
Shuningdek, 2021-yilda Toshkent davlat transport universiteti Qo’shma fakultetida “Transport logistikasi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma “2+2” dasturiga birinchi qabul bo‘lib o‘tganini ta’kidlaymiz. Shuning uchun ham BMTU-TDTU qo‘shma fakultetining “Transport logistikasi” ixtisosligi talabalari birinchi marta xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishdi.
BMTU-TDTU qo‘shma fakulteti talabalari o‘z ma’ruzalarida O‘zbekistonda havo, temir yo‘l, avtomobil transportining rivojlanishi, jahon iqtisodiyotida konteyner tashish, shuningdek, avtomobil transportida yuklarni markalashning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib o‘tdilar. “Yangi Ipak yo‘li” loyihasini rivojlantirishning hozirgi bosqichi va unda Belarus va O‘zbekiston ishtiroki haqidagi ma’ruza alohida qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha elektron to‘plamni nashr etish rejalashtirilgan. BMTU Iqtisodiyot va logistika kafedrasi dotsenti Polina Igorevna Lapkovskayaga onlayn xalqaro konferensiyani tayyorlagani va tashkil etgani uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz, bu esa ishtirokchi mamlakatlar ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram