Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov rahbarligidagi universitet faollari Belarusning yetakchi kompaniyasi “Amkodor” bosh direktori Aleksandr Yefimov bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, kecha Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov rahbarligidagi universitet faollari Belarusning yetakchi kompaniyasi “Amkodor” bosh direktori Aleksandr Yefimov bilan uchrashdi.

Muloqotda Transport universiteti va “Amkodor” kompaniyasi munosabatlarining ustuvor jihatlariga e’tibor qaratildi. Jumladan kompaniya tasarrufidagi zavodlarda ish haqi olgan holda talabalarning yozgi amaliyotlarini tashkil etish, Transport universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni “Amkodor” kompaniyasi korxonalariga ishga joylashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o’tgan muloqotlarda hamkorlikning boshqa yo’nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bugun, 2 – iyul kuni Belarus milliy texnika universitetida O’zbekiston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari delegatsiyasi bilan oliy ta’lim muassasalararo hamkorlikning kelajagi va yo’nalishlari hamda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Xabar berganimizdek, delegatsiya tarkibida Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov rahbarligidagi universitet faollari ham bor.

Muzokaralar mobaynida Belarusь milliy texnika universiteti va mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlar imzolanmoqda.

Belarus milliy texnika universiteti ilmiy kengashi qarori bilan akademik almashinuvlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlagani uchun Toshkent davlat transport universiteti Qo’shma fakultet dekani Olimjon Axmadjanovich Riskulovga faxriy professor unvoni topshirildi.

Minsk shahrida o’tkazilayotgan Belarus milliy texnika universiteti va O’zbekiston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalararo hamkorlikning kelajagi va yo’nalishlariga bag’ishlangan muloqotlarda Universitetimiz rahbari Odil Abduraxmanov nutq so’zladi.

Belarusь vakillariga Transport universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Toshkent davlat transport universiteti hamda Belarus milliy texnika universiteti o’rtasida sirtqi ta’lim sohasida shartnoma imzolandi.

Ushbu hujjatga asosan ikki universitet o’rtasida “3+2” shaklida qo’shma dasturi asosida sirtqi ta’lim tashkil etiladi.

Leave a Reply