2021 yil 13 sentyabr kuni Universitetlar o’rtasidagi hamkorlik rejasini ishlab chiqish maqsadida onlayn seminar bo’lib o’tdi. Uchrashuv “Mashinalarning texnologik ishonchliligi” mavzusiga bag’ishlandi.
Uchrashuvda har ikki tomonning fakultet vakillari ishtirok etib, o’z fikrlari bilan o’zaro almashinishdi. Uchrashuvda universitetning asosiy yo’nalishari tanlanib, muhokama qilindi va kelajakda ushbu yo’nalishlar loyihalari molyalashtirishi ko’rib chiqildi. Keyingi seminar qurilish muhandisligi mavzusiga bag’ishlanadi.
Ma’lumot o‘rnida:
ATILIM UNIVERSITETI 1997 yilda tashkil topgan bo‘lib, Turkiyaning Ankara shahrida joylashgan.
Ushbu universitet Evropa va O‘rta Osiyodagi xalqaro reytingi bo’yicha 250 chi, xalqaro QS reytingida esa 733 chi o‘rinni egallaydi.
Atilim universitetida 6 ta yirik ilmiy-tadqiqot markazlari, 3 ta institut va 11 ta fakulteti bo‘lib, 700 dan ortiq yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Kontengenti 65 davlatdan 10 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Universitetning muhandislik fakulьtetida 8 ta ta’lim yo‘nalishi, hususan yo‘llarni loyihalash, ko‘prik va tonnellarni qurish, bino va inshoot, muhandislik va boshqalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram