Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti rektori Turkiyaning bir qancha nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

Toshkent davlat transport universiteti rektori Turkiyaning bir qancha nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

Bugun Turkiya Respublikasining Izmir shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ta’lim forumi davomida Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov Turkiyaning yirik universitetlari Anadolu universiteti, Bartin universiteti, Yashar universiteti, Istanbul texnika universiteti hamda Yildiz texnika universitetlari rektorlari bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzoq yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarimiz mazkur universitetlarda stajirovka o‘tashlari, talabalarimiz esa akademik mobillik dasturlarida qatnashishlari, doktorant va tadqiqodchilarimiz esa hamkorlikda ilmiy faoliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!