OʻzbekEnglish Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent Davlat transport universiteti va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi natijasida universitetimiz professor-o‘qituvchlari…

HAMKORLIK NATIJASI

Toshkent Davlat transport universiteti va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi natijasida universitetimiz professor-o‘qituvchlari va talaba yoshlari uchun xalqaro EBSCOhost platformasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Endilikda universitet professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda barcha talaba yoshlar EBSCOhost tizimidan universitet lokal tarmog‘i orqali to‘siqsiz foydalanishlari mumkin. Bu platforma  professor o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talaba yoshalar o’zlariga kerakli bo’lgan chet elda nashr etilgan sohaviy adabiyotlar, ilmiy maqolalar shuningdek o’z mutaxassisliklariga oid korxona tajribalar haqidagi ma’lumotlarni olish imokiyatini yaratadi.

Toshkent  Davlat  transport universitetida  EBSCOhost platformasidan to’g’ri foydalanish bo’yicha seminar tashkilashtirilgan seminarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassisi tomonidan EBSCOhost xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish yo‘riqnomasi batafsil tushuntirib, platformaning afzalliklari, funksional imkoniyatlari, to’g’risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda EBSCOhost platformasining 12 ta bazasidan erkin foydalangan holda, unversitetimiz professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda barcha talaba yoshlari chet el tajribasinidan foydalanib, o’z bilim va ilmiy salohiyatlarini yanada yuksaltirish imkoniyatini ega bo’ldilar.

Izoh: ushbu memorandum natijasida tomonlar ilmiy va madaniy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish; kutubxona sohasidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha; ilmiy amaliy konferensiyalar va seminarlarda hamkorlik va korgazmali ishlarni amalga oshirish; axborot kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o’rtasida o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatish,ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo’nalishlari bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’ydilar.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram