Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti vakillari AYJET Flight tashkilotiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari AYJET Flight tashkilotiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorida nufuzli xalqaro uchuvchilar maktablari bilan hamkorlikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini tashkil etish nazarda tutilgan edi. Qarorga muvofiq Fransiyaning Tuluza universiteti bilan shartnoma tuzilgan edi, shunga qaramasdan talabalarga tanlov imkoniyatini kengaytirish uchun Polsha, Chexiya, Belorusiya kabi davlatlarning uchuvchilar maktablari bilan shartnomalar tuzilmoqda. Sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi vakillari va Turkiya AYJET Flight tashkiloti bosh menedjeri Celal Cingöz, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Salim ONUR, uchish poligoni bosh instruktori Bülent Kocababuç, nazariy bilimlar bo‘yicha bosh instruktori Naci Uçar, menedjer Duygu Başarik va boshqalar bilan uchrashdi. AYJET Flight tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Hezarfen airaportiga tashrif buyurildi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, AYJET Flight tashkiloti “Turkish Airlines”, “SunExpress Airlines”, “Pegasus Airlines” tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Tashrifdan maqsad Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Istanbul shahrida joylashgan AYJET Flight tashkiloti bilan innovatsion faoliyat sohasidagi uzoq muddatli samarali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Kelgusida AYJET Flight tashkiloti bilan imzolanishi muhoka qilinyapti. Kelgusida TDTU talabalari dunyoga mashhur uchuvchilar tayyorlaydigan tashkilot bilan hamkorlikda 4 yilda oliy ma’lumoti diplomi va uchuvchilik litsenziyaga ega bo’lishlari mumkin.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!