Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti vakillari ERAH Aviation Academy tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari ERAH Aviation Academy tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorida nufuzli xalqaro uchuvchilar maktablari bilan hamkorlikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini tashkil etish nazarda tutilgan edi. Qarorga muvofiq Fransiyaning Tuluza universiteti bilan shartnoma tuzilgan edi, shunga qaramasdan talabalarga tanlov imkoniyatini kengaytirish uchun Polsha, Chexiya, Belorusiya kabi davlatlarning uchuvchilar maktablari bilan shartnomalar tuzilyapti. Sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi vakillari va Turkiya ERAH Aviatsiya Academiyasi o‘quv poligoni rahbari Dogukan Akbulut va tijorat menejeri Yusuf Calis bilan uchrashdi. Tashrifdan maqsad Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Isparta, Istanbul va Antalya shahrida joylashgan ERAH Aviatsiya Academiyasi bilan innovatsion faoliyat sohasidagi uzoq muddatli samarali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Kelgusida ERAH Aviatsiya Academiyasi bilan imzolanishi muhoka qilinyapti. Kelgusida TDTU talabalari dunyoga mashhur uchuvchilar tayyorlaydigan tashkilot bilan hamkorlikda 4 yilda oliy ma’lumoti diplomi va uchuvchilik litsenziyaga ega bo’lishlari mumkin.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!