OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Fransiyada ENAC Prezidenti Thierry De BASQUIAT bilan uchrashdi.

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Fransiyada ENAC Prezidenti Thierry De BASQUIAT bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbarining shu yil 30 apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini tashkil etish vazifasi yuklatilgandi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Davlat Transport universiteti va Fransiya fuqarolar aviatsiyasi milliy maktabi hamkorlik masalalari yuzasidan qator tadbirlarini amalga oshirdi.

Ayni vaqtda, Toshkent davlat transport universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Baxodir Turaev rahbarligidagi delegatsiya Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini tashkil etish bo‘yicha shartnomaning yakuniy bosqichini muhokama qilish maqsadida Fransiya shahrida bo‘lib turibdi.
Kuni kecha Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasini Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi ENAC Prezidenti Thierry De BASQUIAT qabul qildi. Shuningdek muloqotlarda ENAC vitse Prezidenti Nikolas СAZALIS, Biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh menedjeri Fabrice FABRE, Tadqiqotlar va rivojlanish departamenti rahbari Charlotte DARRENOUGUElar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilayotgan Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash xalqaro maktabini Toshkent davlat transport universitetida tashkil etish, qabul jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Tashrif davom etmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram