Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Turkiyaning Beykoz universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Turkiyaning Beykoz universitetiga tashrif buyurdi

Universitetimiz delegatsiyasi xalqaro maydonda muhim o‘ringa ega universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Beykoz Universiteti bilan tanishish uchun universitetga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Beykoz universiteti tomonidan umumiy masalalar bo‘yicha rektor Prof. Dr. Mehmet Durman, prorektor Prof. Dr. Baki Aksu, prorektor va muhandislik-arxitektura fakulteti dekani Prof. Dr. Selahattin Kuru, bizbes va boshqaruv fakulteti dekani Prof. Dr. Sinan Alcin, fuqorolik aviatsiya maktabi direktori Prof. Dr. Erhan Butun va boshqalar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida universitet faoliyati, laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan batafsil tanishib chiqildi. Kelajakda birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borishga kelishildi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti aviatsiya, transport tizimlari, iqtisodiyot, muhandislik va boshqa yo‘nalish talabalari o‘qishini davom ettirishini hamda doktorantura bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Bu esa ilmiy salohiyatni yanada oshirish uchun muhim qadam.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!