Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Turkiyaning Istanbul Aydın universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Turkiyaning Istanbul Aydın universitetiga tashrif buyurdi

Universitetimiz delegatsiyasi dunyoga mashhur, xalqaro maydonda muhim o‘ringa ega universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Istanbul Aydın Universiteti bilan tanishish uchun universitetga tashrif buyurildi. Uchrashuvda universitet tomonidan umumiy masalalar bo‘yicha prorektor Prof. Dr. Zafer Aslan, doktorantura istituti direktori Prof. Dr. Ragıp Kutay Karaca va boshqalar ishtirok etishdi.

Tashrif davomida universitet faoliyati, laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan batafsil tanishib chiqildi. Kelajakda birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borishga kelishildi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti aviatsiya, transport tizimlari, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalish talabalari o‘qishini davom ettirishini hamda doktorantura bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Bu esa ilmiy salohiyatni yanada o‘stirish uchun muhim qadam.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!