Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Toshkent davlat transport universitetida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtadi

2022-yil 17-sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent davlat transport universiteti binosining 1-qavat 104 a-xonada o‘tkazilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning himoyaga yig‘ilishi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

Abdullayev Nuraddin Quranboyevichning 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Fizika ta’limida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslari mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.

Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Begmatova Dilfuza Abdullajanovna

Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Taqrizchilar:
Joʻrayev Xusniddin Oltinboyevich– Buxoro davlat universiteti, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Abdujabborov Axmadjon Adiljonovich– oOʻzRFA Astranomiya institute bosh ilmiy xodimi “, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!