Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida ilmiy darajalar beruvchi yangi ilmiy kengash o‘z faoliyatini boshladi

Toshkent davlat transport universitetida ilmiy darajalar beruvchi yangi ilmiy kengash o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4703-sonli qaroriga muvofiq universitet ilmiy salohiyatini oshirish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu qaror ijrosi doirasida universitet ilmiy maktablari ko‘lamini kengaytirish, yosh olimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022 yil 31 avgustdagi 322/3-sonli qarori bilan 05.08.05- “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” hamda 05.01.06-“Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” ixtisosliklari bo‘yicha Toshkent davlat transport universiteti qoshida PhD15/31.08.2022.T.73.02 raqamli ilmiy kengash tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: 2021 yilda universitetda 4 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, hozirda ushbu Kengashlar soni 7 taga yetdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!