Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilgan vakansiya va amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat transport universitetida ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilgan vakansiya va amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 28-aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida talaba-yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Universitetda o‘tkazilgan “Karyera kuni”da 80 ga yaqin tashkilotlar universitet talabalari bilan ishga joylashish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi. Tadbirga kelgan talaba-yoshlar ish o‘rinlari bilan tanishib, mutasaddi tashkilot vakillarga o‘zlarini qiziqtirgan soha bo‘yicha ishlash taklifini ilgari surdi.
2021-2022 o‘quv yilida Toshkent davlat transport universitetini 2666 nafar talaba bitiradi. Transport universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni”da 1000 dan ortiq bitiruvchi talabalar bandligi ta’minlandi.
Dunyodagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari orasida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan Toshkent davlat transport universitetida bugungi kunda 16874 nafar talaba tahsil oladi: Bakalavr yo‘nalishida 86 ta, magistratura bosqichida 40ta.
Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Afg‘oniston davlatlaridan jami 39 (33 bakalavr, 2 magistrant, 4 doktorant) nafar xorijiy fuqaro tahsil olmoqda.
Ularga olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari saboq berib kelmoqda. Jahon hamjamiyatida yuqori nufuzga ega bo‘lib borayotgan majmuada muntazam ravishda moddiy-texnik baza rivojlantib borilmoqda. Yoshlar zamonaviy talabga mos ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratib kelinmoqda.
Muassasadagi 82 doktorantning 71 nafari PhD (4 kishi xorijlik – Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari), 4 nafari DcS darajasi olish uchun, 7 nafari esa stajor-tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib boryapti
Toshkent davlat transport universiteti talabalari 100dan ziyod tashkilotlarda malakaviy amaliyot o‘taydi hamda mehnat faoliyatini olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi korxonalar, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi tashkilotlar, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari hamda O‘zbekiston havo yo‘llari tashkilotlarida o‘z mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda.
Bundan tashqari, viloyat, shahar va tuman hokimliklari va boshqa bir qator nufuzli vazirlik, tashkilotlarda Universitet bitiruvchilari mehnat faoliyatini olib bormoqda

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!