Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida koreyalik professor, texnika fanlari doktori, elektr dizayneri Sungwoo Han bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Toshkent davlat transport universitetida koreyalik professor, texnika fanlari doktori, elektr dizayneri Sungwoo Han bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Koreyaning bir qator oliy ta’lim muassalari, kompaniyalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan manfaatli shartnomalar tuzishga kelishib olindi. Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikni yanada yaxshilashga oid takliflar ko’rib chiqildi. Shuningdek, kelajakda Markaziy Osiyodagi temir yo’l sohasini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot markazi ochishga kelishildi. Bu ilmiy-tadqiqot markazi ochilgandan so’ng temir yo’lga oid ilmiy ishlar qilinadi.
Uchrashuv so’ngida professor Sungwoo Han bilan universitetda ta’lim berish uchun shartnoma tuzildi. Endi janob Sungwoo Han Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti, Avtomatika va telemexanika kafedrasida talabalarga ta’lim beradi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram