Bugun Toshkent transport universitetida “O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ukraina Ta’lim va fan vaziri – Sergey Nikolaevich Shkarlet, Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi – Doroshenko Nikolay Petrovich, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari – Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, O’zbekistonning 20 ta universitetlari rektorlari ishtirok etdi. Toshkent davlat transport universiteti o’tkazilgan davra suhbatida Abduraxmanov Odil Kalandarovich va Ukraina oliy o’quv yurtlarining 12 ta rektorlari qatnashdi.
Uchrashuv ishtirokchilari universitetlararo ta’lim tizimini muhokama qildi.