OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Hamkorlik va tibbiy xizmat. Inson sog’ligi – eng oliy ne’mat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5129-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamiz bo’ylab keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Shu jumladan, Toshkent davlat transport universitetida ham professor o’qituvchi, xodim va talabalarni ijtimoiy himoya qilish hamda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch yordam ko`rsatish maqsadida universitet hududida tibbiyot punkti, izolyator xonalari,  tashkil etilgan. U yerda malakali tibbiyot xodimlari universitet jamoasiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram