OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETIDA SUV VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETIDA SUV VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktyabrdagi PQ-4486 sonli, “Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarorlari, “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024 farmonlari ijrosi yuzasidan Toshkent davlat transport universitetida quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda:

  • shahar vodoprovod tarmog’idan yiliga o’rtacha 106000 m3 suv universitet xo’jalik-ichimlik suvi uchun sarf bo’ladi. Shahar vodoprovod tarmog’ining suv sifati O’zbekiston Davlat Standarti “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” O’zDSt 950:2011 talablarga to’liq javob berishi tekshildi;
  • universitet hududidagi fontanni ishlatishga, yashil maydonlar va daraxtlarni sug’orishga, garaj va sport maydonlarini yuvishga suv universitet hududidagi skvajinalardan olinadi. Bu suvlarning sifati universitetning “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi mas’ul xodimlari tomonidan o’rganilganda O’zbekiston Davlat Standarti “Markazlashgan xo’jalik-ichimlik suv ta’minoti manbaalari” O’zDSt 951:2011 talablarga mosligi aniqlandi va foydalanish uchun yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilindi. Skvajinalardan yiliga o’rtacha 111100 m3 suv universitet ehtiyojiga sarf  bo’lgani aniqlandi;
  • “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi mas’ul xodimlari tomonidan oqova suvlarni tozalash, ularni qayta ishlatishga yo’naltirish masalalari o’rganilib amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshirilmoqda;
  • universitet ichimlik suv tarmoqlari shahar vodoprovod tarmog’idan binolarga qurilish standartlari talablari asosida loyihalangan bo’lib, zararlanish holatlariga qarshi choralar ko’rib chiqilgan. Avariyaviy holatlar ham inobatga olinib, vodoprovod tarmoqlari shahar suv ta’minoti tarmoqlariga ikkita liniya orqali ulangan. Sug’orish va texnik suvlar uchun mo’ljallangan skvajinalar hamda nasos stansiyalari sanitar-texnik qoidalar asosida to’siqlar bilan himoyalangan;
  • o’quv binolarining har bir qavatida talabalar va xodimlar foydalanishlari uchun o’rnatilgan ichimlik suv jo’mraklari sanitar-texnik jihatdan tekshirildi. Yozgi sport komplekslarida suv iste’moli uchun fontanchiklar o’rnatildi;
  • universitet hududida suv kam talab etuvchi ekinlar: archa, tog’ archa, fir, kavkaz archasi, nina bargli archa kabi daraxtlar ekish ko’lamini oshirish hisobiga yashil maydonlarni rivojlantirish rejalashtirildi;
  • 180 m3 sig’imli fontan suvini qayta ishlatish orqali unda sarf bo’luvchi oylik suv sarfini to’rt barobarga kamaytirishga erishildi;
  • universitetda suv sarfi eng kata bo’lgan “GIDRAVLIKA” laboratoriyasi jihozlarini madernizatsiya qilish orqali unda suv sarfini 15-20 barobarga kamaytirishga erishildi;
  • texnik suvlardan ham qayta foydalanish evaziga 9000 m3 suv yiliga tejaldi;
  • 60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport inshootlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya) ta’lim yo’nalishiga bakalavrlar va 70730401- Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (transport tizimlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya) mutaxassislik magistrlari qabuli sonlari oshirildi, 60730200 – Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi ochildi. Yuqoridagi mutaxassislik va ta’lim yo’nalishlarida suv resurslaridan oilona foydalanish va ularni tayyorlash, oqizish, inshootlarini qurish, loyihalash bo’yicha o’quv rejalari takomillashtirildi;
  • “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi yetuk professor o’qituvchilari va Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi bilan shartnomalar tuzilgan bo’lib, ekpert sifatida faoliyatlar yuritmoqda. Ichimlik suvini tayyorlash, tozalash, tarmoqalarini loyihalash va oqova suvlarini tozalsh, qayta ishlatish, oqizish, tarmoqlarini loyihalash bo’yicha “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi o’qituvchilari ilmiy ishlar amalga oshirib kelishmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram