Toshkent davlat transport universitetida velosport bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasi o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi PQ-5251-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillarda rivojlantirish dasturining 4 (7)-bandida “Talabalar ligasi” velosport musobaqasini tashkil etish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Toshkent davlat transport universitetida “Transportchilar” sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Mirobod tumani oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida «Velosport» bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talaba-yoshlari ishtirok etdi. Har bir jamoadan 2 ta qiz va 2 ta o’g’il bola qatnashdi.
Musobaqa natijalariga ko’ra:
O’g’il bolalar o’rtasida:
I-o’rin TDTU
II-o’rin FARMI
III-o’rin TDSHU
Qizlar o’rtasida:
I-o’rin FARMI
II-o’rin TDTU
III-o’rin TDSHU
IV-o’rin Rassomlik va dizayn instituti