Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida xalqaro biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat transport universitetida Ta’lim-Ilm-fan-Ishlab chiqarish tamoyili asosida O‘zbek-Xitoy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-iyul kuni Toshkent davlat transport universitetida xalqaro biznes uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Xitoy tomonidan 100dan ortiq yirik kompaniyalari, Tyanszin dengizchilik professional kolleji vakillari ishtirok etdi.
Toshkent davlat transport universiteti va Tyanszin dengizchilik professional kolleji o‘rtasida xalqaro standartlarga javob beradigan logistika va IT-texnologiyalar uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan Lyu Ban laboratoriyasini ochish bo‘yicha memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xitoyning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etib, Transport universitetining tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha ekspert markazlari va kafedralari bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi. Ishbilarmonlar yig‘ilishining yalpi majlisidan so‘ng ishtirokchilar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 6 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘z ishlarini davom ettirdilar.
Uchrashuvlar chog‘ida talabalarni Xitoyning yetakchi korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashi hamda ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!