Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

Toshkent davlat transport universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

Joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori, 101-F sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, mamlakat ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko’lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarning yuqori ilmiy va tashkiliy-amaliy darajada samarali o’tkazilishini ta’minlash maqsadida, ilmiy tadqiqotlar sektori, transport iqtisodiyoti va korporativ boshqaruv kafedralari hamkorligida “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Anjuman davomida O’zbekistondagi transport tizimining innovatsion iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari, korporativ boshqaruv tizimini raqamlashtirish bo’yicha ilg’or axborot texnologiyalarini joriy etish usullari hamda ularning samaradorligi to’g’risida qator qimmatli fikrlar yuritildi. Ayniqsa anjumanda xalqaro ekspertlarning, jumladan, Belorusiya milliy texnika universiteti vakili iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Grinsevich Lyubov, Vladimirovna , Germaniyadan tashrif buyurgan Dresden texnika universiteti tadqiqotchisi Julia Gerlachning ishtiroki anjumanning yanada yuqori saviyada o’tishiga, bildirilgan fikr va tavsiyalarni bevosita boshqa davlatlar bilan solishtirish imkoniyati yaratilishiga sabab bo’ldi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ logistikani rejalashtirish va raqamlashtirish Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Raxmanberdiyev R.R. tomonidan anjuman davomida taqdim etilgan qator innovatsion g’oyalar e’tirof etilib, kelajakda ishlab chiqarishga tatbiq etish bo’yicha g’oya mualliflariga kerakli tavsiyalar berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!