Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent davlat transport universitetida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan Qoʻshma ta’lim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda

Toshkent davlat transport universitetida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan Qoʻshma ta’lim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda

Toshkent davlat transport universiteti (Transport Universiteti) Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika unversiteti (BMTU), Belarus davlat transport universiteti (BDTU) va Belarus davlat aviatsiya akademiyasi (BDAA) bilan Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriatura va magistraturaga ikkita diplomlik dasturi (Double degree programm) bo‘yicha o‘qishga arizalar qabuli amalga oshirilmoqda!
Diqqat! Qo‘shma ta’lim dasturlarining to‘lov kontrakt miqdori qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Toshkent davlat transport universiteti (Transport Universiteti), Belarus milliy texnika unversiteti (BMTU), Belarus davlat transport universiteti (BDTU) va Belarus davlat aviatsiya akademiyasi (BDAA) o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan miqdorga asoslangan. O‘zbekistondagi o‘qish davri uchun to‘lov kontrakt summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kuni belgilangan kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
Arizalar qo‘shma ta’lim dasturlarining quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinmoqda:
Ta’limning kunduzgi shakli bo‘yicha:
Belarus milliy texnika unversiteti (BMTU) bilan hamkorlikda:
“Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
“Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
“Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
“Korporativ boshqaruv” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
“Yo‘l harakatini tashkil etish” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
Belarus davlat aviatsiya akademiyasi (BDAA) bilan hamkorlikda:
“Havodagi harakatni boqarish” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Aviatsiya injiniringi (turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 4 yil (2+2).
Ta’lim tili – rus tili.
Ta’limning kunduzgi shaklidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent davlat transport universitetida belgilangan bir o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt miqdori 1600 AQSH dollari, hamkor universitetda to‘lov kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 2000 AQSH dollari.
Ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha:
Belarus milliy texnika unversiteti (BMTU) bilan hamkorlikda:
“Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 30 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Yo‘l harakatini tashkil etish” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 6 yil (3+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Buxgalteriya xisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 30 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
Belarus davlat transport universiteti (BDTU) bilan hamkorlikda:
“Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (transport turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 20 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 20 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
“Buxgalteriya xisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 25 o‘rin). O‘qish muddati 5 yil (2+3).
Ta’lim tili – rus tili.
Ta’limning sirtqi shaklidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent davlat transport universitetida va hamkor universitetda belgilangan to‘lov kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun bir xil – 1300 AQSH dollari.
Ta’limning magistratura (kunduzgi) bosqichi bo‘yicha:
Belarus milliy texnika unversiteti (BMTU) bilan hamkorlikda:
“Transport logistikasi (avtomobil transporti)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Korporativ boshqaruv” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Ko‘priklar, tonnellar va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
Belarus davlat transport universiteti (BDTU) bilan hamkorlikda:
“Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (ko‘priklar va tonnellar)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Temir yo‘l transporti (vagonlar)” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
“Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 10 o‘rin). O‘qish muddati 2 yil (1+1).
Ta’lim tili – rus tili.
Ta’limning magistratura (kunduzgi) shaklidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent davlat transport universitetida belgilangan bir o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt miqdori 1800 AQSH dollari, hamkor universitetda to‘lov kontrakt miqdori bir o‘quv yili uchun 2200 AQSH dollari.
Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olishni istaganlar http://tstu.uz/?page_id=16256&lang=ru platformasi yoki @qabul_tgtu_bntu_2021 telegram platformasi orqali tegishli ma’lumotlarni kiritishlari va quyidagi xujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlangan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.
– Attestat yoki diplom va uning ilovasi bir PDF faylda;
– Milliy pasport yoki ID-karta bir PDF faylda.
Murojaat uchun:
Telefon: +998 712990349, +998 900232613
Telegram: @qabul_tgtu_bntu yoki @bntu_tarci
Haftaning ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha murojaat etishingiz mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!