Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi bo‘yicha soxa mutaxassialari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi bo‘yicha soxa mutaxassialari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezident qarorlari ijrosi amalda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi bo‘yicha soxa mutaxassialari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Transport universiteti, Transport vazirligi “Logisika markazi”, “Toshahartransxizmat” AJ, “Loyiha ofisi”, Toshkent shahar xokimiyati, “BoshplanLITI” UK, Yo’lloyiha byurosi, “Allegro” MCHJ, “Grand Road Tashkent” MCHJ, NesCe va ARCCON kabi mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi. Majlis davomida Toshkent shahridagi 140 ta chorrahalarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash masalalari muxokama etildi. Bunda Toshkent shahrida transport oqimini boshqarish, jamoat transporti uchun chorrahalar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha monitoring-tahlil ishlarini olib borish, takliflarni ishlab chiqish hamda jamoat transporti sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish vazifalari ijrosi ta’minlanadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!