Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent chorraxalarini takomillashtirishning ilmiy asoslari.

Toshkent chorraxalarini takomillashtirishning ilmiy asoslari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Transport universiteti professor-o‘qituchilari, doktorantlari va magistratura talabalari Transport vaziriligi, Ichki ishlar vaziriligi, “BoshplanLITI” UK, Toshkent shahar hokimiyati mutaxassislari bilan hamkorlikda A.Temur shox ko‘chasi bo‘yicha transport oqimini o‘lchash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunda tirband 140 chorrahani o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlar, ilg‘or xorijiy texnologiya va dasturiy vositalar asosida olib borishga alohida diqqat qaratib kelmoqda. Bunda Turkiyaning ARCCON muhandislik kompaniyasi mutaxassislari: Savash Erishen, Djixan Gyoktug, Orxun Shishek bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Natijada, asosiy magistral yo‘nalishlarida transport harakatini tartibga solishning samarali choralarini ishlab chiqish, ya’ni jamoat transoprti harakatiga ustuvorlik berish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga diqqat qaratilmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!