Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent shahrida ijara huquqi asosida istiqomat qilib kelayotgan talabalari uchun huquqiy uchrashuv tashkil etildi

“Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti”ning Toshkent shahrida ijara huquqi asosida istiqomat qilib kelayotgan talabalari uchun huquqiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil, 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 605-son Qarori mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan universitetda amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami haqida so’z yuritildi.

Tadbirda “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish” bo’limi boshlig’i Shuxrat Eshbekov, dekan o’rinbosari Abduvohid Sotvoldiyev, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Talabalar bilishadi-ki, endilikda ijara shartnomasini tuzganda hech qanday daromad solig’i undirilmaydi va talabalar ijara to’lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan to’lab berilishini so’rab ariza bilan bemalol murojaat qilishlari mumkin!

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!