Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abdurahmonov Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Fulvio Rinaudo bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki rahbar oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangiliklar va istiqboldagi rejalar haqida suhbatlashdi. Kelgusida Turin politexnika universiteti bilan qator sohalardagi hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yishni kelishib olishdi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar universitet bo’ylab sayr qilishdi va universitet bilan tashib chiqishdi.