Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va Toshkent Davlat transport universitetlari o’tkazgan

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va Toshkent Davlat transport universitetlari o’tkazgan
ANJUMAN HISOBOTI

2021 yilning 24 – 25 noyabrь kunlari Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Toshkent Davlat Transport Universitetining “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi va O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi akademiyasi hamkorligida “Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda inson omilining o’rni” mavzusida Respublika ilmiy – amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Soat 10.00 da anjumanning yalpi majlsi bo’lib o’tdi.

Uni TTESIning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori A.E. Gulomov ochib, qatnashchilarni tadbir ochilishi munosabati bilan tabrikladi va hozirgi kunda xalq xo’jaligining ishlab chiqarish korxonalarida “Hayot faoliyati xavfsizlini” muhimligi haqida to’xtalib o’tdi. Anjuman qatnashchilarini tadbir munosabati bilan tabrikladi.

Anjuman qatnashchilarini qutlash uchun so’z O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Akademiyasini Ilmiy tadqiqot ishlari va investittsiyalashni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i mayor M.Duschanovga berildi.
U o’z so’zida qatnashchilarni anjuman o’tkazilishi munosabati bilan qizg’in tabrikladi va anjumanga muvaffaqiyat tiladi. FVV akademiyasida hozirgi kunda tayyorlanayotgan mutaxasislar, ishlab chiqarish korxonalarida bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish haqida gaprib o’tdi.

Shundan so’ng so’z Toshkent Davlat Transport Universitetini “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi professori S.S.Sulaymonovga berildi. U “Hozirgi kunda xalq xo’jaligi“ inshoootlarini barqaror ishlashida “Hayot faoliyati xavfsizligi”ning roli va vazifalari xaqida ma’ruza qildi. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlardagi ishlab chiqarish korxonalarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” va “Mehnat sharoitlari” xaqida ma’lumot berdi.

So’ngra “O’zto’qmachilik sanoat uyushmasining “Axborot tahlil Deportamentini “Texnika va sanoat xavfsizligi” bo’yicha yetakchi mutaxassisi J.A. Axrorov so’zga chiqib, hozirgi kunda to’qimachilik korxonalaridagi xavfsizlik qoidalari xaqida gapirib, qatnashchilarni anjumanni o’tkazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutini izlanuvchisi N.B.Muqimov anjuman qatnashchilariga “Klaster tizimidagi korxonalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarini takomillashtirish” mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari haqida ma’ruza qildi.
Yalpi majlis tugagandan so’ng anjuman qatnashchilari Toshkent to’qmachilik va yengil sanoat instituti hovlisiga taklif qilindilar. U yerda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar akademiyasining “Yong’in xavfsizligi” kafedrasi mutaxasislari va katta kurs kursantlari zamonaviy o’t o’chirish mashinasinida o’t o’chirish printsipi, uni taktik–texnik xususiyatlari bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazishdi.

Kunning ikkinchi yarmida barcha 4 ta sho”bada ish olib borildi. Ularda tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
Toshkent Davlat transport universitetining “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi 4-sho”bada o’z faoliyatini olib bordi U 3-o’quv binoning 213-xonasida bo’ldi. Sho”baga “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent R.S. Razikov boshchilik qildi .Sho”ba “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini takomillashtirish yo’llari va atrof-muhitning ekologik xavfsizligi” mavzusida bo’ldi.

Shubada 21 ta ma’ruza tinglandi. Universitetning professor – o’qituvchilaridan dotsent Sh.X.Abdazimov, katta o’qituvchi B.Gafurovlar, talabalardan Z.Abdullayeva va M.Rasulovalar ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Qilingan ma’ruzalar hozirgi kunda aktualligi bilan qatnashchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Barcha maqolalar maqullanib chop etish uchun tavsiya etildi.

2021 yil 25 noyabrь soat 14.00 da anjumanni yakunlari va ishtirokchilarni taqdirlash bo’lib o’tdi.
Anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va bunday tadbirlarni har yili hamkorlikda o’tkazib turishga kelishib olindi.
Anjuman dasturi va taklifnoma ilova qilinmoqda.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram