Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

«Toshshahartransxizmat» eng gavjum bekatlarda yangi yo‘l chiziqlari chizishni boshladi

«Toshshahartransxizmat» eng gavjum bekatlarda yangi yo‘l chiziqlari chizishni boshladi

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida joylashgan Buyuk Ipak Yoʻli metro stansiyasi bekatiga 1.17 sariq rangdagi siniq yoʻl chiziqlari chizildi.

Mazkur chiziqlarni chizishdan asosiy maqsad ushbu bekatda yoʻlovchi tashish bilan shugʻillanmaydigan transport vositalarining toʻhtab turishini taqiqlash va jamoat transportini mazkur bekat orqali xavfsiz harakatlanishini hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashdan iborat.
Ushbu tadbir shaharning aholi gavjum boʻlgan va transport vositalari tirband boʻlgan oraliq bekatlarda davom ettiriladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!