Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Transport haftaligi: Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

“Transport haftaligi: Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, joriy yil 13-17-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Transport vazirligi bilan hamkorlikda “Transport haftaligi: Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur koʻrgazma doirasida yosh olimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grantlar tanlovi ham oʻtkazildi. Mazkur tanlovda universitetimizning Materialshunoslik va mashinasozlik kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent N.Q.Tursunov ilmiy rahbarligida loyiha qiymati jami 2 mlrd. soʻmlik boʻlgan 2 ta ilmiy ishlanmasi bilan faol qatnashdi va mazkur loyihalar koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.
Shu munosabat bilan, dotsent Nodirjon Tursunovni va uning ilmiy jamoasiga mazkur grantlarni yutishda va yanada yuksak marralarni zabt etishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!