Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Transport harakatini tashkil etish” hamda “Yuk transport tizimlari” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darsliklar hamda o’quv qo’llanmalar taqdimoti o‘tkazildi

“Transport harakatini tashkil etish” hamda “Yuk transport tizimlari” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darsliklar hamda o’quv qo’llanmalar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil sentabrdagi PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni ijrosi bo‘yicha 2021 yilning 10 dekabr sanasida “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti tarkibidagi “Transport harakatini tashkil etish” va “Yuk transport tizimlari” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan 2017-2021 yillarda  yaratilgan va chop etilgan kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimotda “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi mudiri Xudayberganov Soqijon Qobiljonovich kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so’nggi yillarda yaratilgan va chop etilgan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan “Temir yo‘lda texnik foydalanish qoidalari va poyezdlar harakatining xavfsizligi” nomli darslikka alohida to’xtalib, mazkur darslik Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari asosida, xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan holda yaratilganligi va ushbu darslik talabalarning “Temir yo‘lda texnik foydalanish qoidalari” fani bo’yicha nazariy bilim va ko’nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlashlarida asosiy darslik sifatida foydalanish mumkinligi to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga ma’lumot berib o‘tdi. Taqdimot so’ngida yig’ilish ishtirokchilari tomonidan savollar berildi va mualliflar tomonidan ushbu savollarga javob berildi.

“Yuk transport tizimlari” kafedrasi  professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va chop etilgan adabiyotlar bo’yicha esa kafedra mudiri Qobulov Jamshid Renatovich so’zga chiqib, ushbu adabiyotlarning o’z vaqtida, Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari asosida, xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan holda yaratilganligi hamda ushbu darslik va o’quv qo’llanmalardagi ma’lumotlar dolzarb muammolar yechimini o’z ichiga olganligi to’g’risida yig’lish ishtirokchilariga tushuntirish berib o’tdi.  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Refrijeratorli tashishlar”, “Yuk va tijorat ishlarini boshqarish”, “Temir yo‘l bekatlari va uzellari”, “Yetkazib berish zanjirida izotermik tashishlar”, “Omborlashtirish logistkasi” kabi darslik hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Taqdimot davomida ushbu chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo’yicha yig’lish qatnashchilari tomonidan savollar berildi. Yig’ilish ishtirokchilarilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.

Taqdimot so’ngida tadbirda  faol ishtirok etgan yig’ilish qatnashchilariga mualliflar tomonidan esdalik sovg’asi sifatida badiiy hamda ilmiy yo’nalishdagi  kitoblar taqdim etildi.

Taqdimotdan so’ng “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti dekani       Ma’rufjon Xoliqovich Rasulov fakultet professor – o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratilish jarayonidagi professor-o’qituvchilarning  og‘ir va zaxmatli mehnatlari yotganligi to’g’risida ma’lumot berib, mualliflarning keyingi ilmiy faoliyatlariga muvafaqqiyatlar tiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!