Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport ravnaqi – ilm-fan rivoji bilan aniqlanadi

Transport ravnaqi – ilm-fan rivoji bilan aniqlanadi

Transport vaziri Ilhomjon Mahkamov raisligida 22-23 may kunlari hududlarda jamoat transportini yanada rivojlantirish yuzasidan seminar trening tashkil etildi.

Seminar treningda Transport vazirligi vakillari, hududning transport boshqarmasi boshliqlari, tizim tasarrufidagi yirik ishlab chiqarish korxonalar rahbarlari va universitet rektori ishtirok etdi. Yig’ilishda 2020 yil 30 noyabrь kuni Prezidentimiz rahbarligida o’tgan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan qator muhim topshiriqlarning ijrosi va respublikada yagona transport tizimini joriy qilish borasidagi galdagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Hususan,transportga bo’lgan talabning oshib borishi natijasida, mazkur tizim mexanizmini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari, jamoat transportining jozibadorligini oshirish va transport infratuzilma ob’ektlari holati kabi masalalar muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi ish kunida universitet rektori Odil Abduraxmanov ma’ruza qildi. Universitet rektori transport tizimi bilan bog’liq qator masalalarga to’htalib o’tdi. Odil Abduraxmanov o’z nutqida tizimdagi muammolarga yechim izlashda rahbar xodimlarning korporativ etikasi va normativ-huquqiy hujjatlarni tushunish darajasi turlicha ekanligini ta’kidladi. Rivojlangan mamlakatlar transport tizimi tajribasini tahlil qilib, amaliyotga tadbiq etishning o’ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratdi.

– Transport ravnaqi – ilm-fan tizimi rivoji bilan aniqlanadi, – dedi Transport vaziri Ilhomjon Mahkamov. – Transport universiteti faoliyatini transport tizimidagi islohotlar bilan uzviy bog’lash, professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada keng jalb qilish va transporti muammolarga yechim izlashda universitet olimlarining fikrini tinglashimiz zarur.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan yig’ilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalari eshitildi.

Leave a Reply