Tadibirda soha mutaxassislari tomonidan mamlakatimiz transport tarmoqlarida joriy etilayotgan innovatsion loyihalar, transport tizimida qoʻllanilayotgan raqamli texnologiyalar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazilmoqda.
Qolaversa, mazkur haftalik doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada transport sohasidagi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.
Mazkur haftalik tadbirlari joriy yilning 17-iyun kuniga qadar davom etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati