TDTU qoshidagi “Transport tizimlarini logistika va boshqarish” markazi bilan “Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli” unitar korxonasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv doirasida “To‘qimachi-Angren” temir yo‘l uchastkasining o‘tkazuvchanligi va yuk ko‘tarish quvvatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Abliq stansiyasida manyovr va poyezdlar faoliyatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu uchastkaning bir qator muammolarini aniqladi va ularning texnik va texnologik yechimlarini taqdim etdi.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram