Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti bitiruvchilariga ish o’rinlari tavsiya etildi

Transport universiteti bitiruvchilariga ish o’rinlari tavsiya etildi

Bugun, 11 iyun kuni “Karьera kunlari” doirasida Avtomobilь muhandisligi va yo’llari sohasi bitiruvchilari bilan ish beruvchi tashkilotlar vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash, tavsiya etish va joylashtirish maqsadiga qaratilgan bugungi muloqotlarda Avtomobilь yo’llari qo’mitasi, “Toshshahartransxizmat”AJ, “O’zavtotransservis” MChJ, “O’zavtovokzal” DUK mas’ullari ishtirok etishdi.

Asosiy ish beruvchilar joriy buyurtma va ehtiyojlari yuzasidan bitiruvchi talabalarga ma’lumotlar berdi. Talabalarni ishga joylashishiga har tomonlama ko’maklashish maqsadida bitiruvchilarning potentsial imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Har bir talaba bilan ularning malakaviy sifatlari va kasbiy mahoratlariga oid savol-javoblar qilindi.

Muloqotlarda Transport vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sektori rahbari Lobar Ulmasova ishtirok etmoqda.

Joriy 2020-2021 o’quv yilida universitetning Avtomobilь muhandisligi va yo’llari sohasida 8 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha 548 nafar hamda 11 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 77 nafar talabalar muvaffaqiyatli tamomlash arafasida turibdi.

Ma’lumot o’rnida, Transport universiteti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Karьera kuni” tadbirlari 9 iyun sanasidan o’tkazilib kelinmoqda.

Leave a Reply