Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti hamda Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) hamkorlikda tanlov eʼlon qiladi

Transport universiteti hamda Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) hamkorlikda tanlov eʼlon qiladi

Hurmatli yoshlar!

Toshkent davlat transport universiteti hamda Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) bilan hamkorlikda qoʻshma dastur asosida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun tanlov eʼlon qiladi.

Abituriyentlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

– tanlabgor 18-25 yoshda boʻlishi;

– class 1 darajasidagi maxsus tibbiy koʻrikdan (Vrachlik-uchuvchilik ekspert komissiyasi) oʻtib, ijobiy natijaga ega boʻlishi;

– IELTS 5,5 xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi lozim;

– Matematika va fizika (ingliz tilida) fanlaridan imtihon topshiriladi.

Taʼlim 2+2 tizimida olib boriladi: 1 va 2 yilda – TDTUda, 3 va 4 yillarda – ENACda olib boriladi.

Oʻqish yakuniga koʻra talabgorga TDTUning oʻrnatilgan namunadagi bakalavr diplomi va ENACning EASA (ATPL nazariy kursi), CPL litsenziyasi topshiriladi.

Agarda talabgor oliy texnik maʼlumotga ega boʻlsa toʻgʻridan toʻgʻri ENACga oʻqishga hujjat topshiradi va yakuni boʻyicha ATPL litsenziyasiga ega boʻladi.

Tibbiy koʻrik uchun yoʻllanma olish soʻnggi muddati: 30.05.2022-y.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: www.tstu.uz murojaat qilishingiz mumkin.

Tel: +998 71 241-55-89

e-mail: abdujabarov.n@tstu.uz

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!