Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti professor-o‘qituvchilari Qarag‘anda shahridagi “Arselor-Mittal Temirtau” AJ faoliyati bilan tanishdi

Transport universiteti professor-o‘qituvchilari Qarag‘anda shahridagi “Arselor-Mittal Temirtau” AJ faoliyati bilan tanishdi

“Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan Transport harakatini tashkil etish kafedrasi professori v.b. Sh.M. Suyunbayev, dotsenti v.b. Sh.B. Jumayev va stajyor-tadqiqotchi Sh.Sh. Kayumovlar 2021-yil 21-sentabrdan 19-oktabrgacha Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda shahridagi “Sanoat xavfsizligi ilmiy-texnik markazi”da ilmiy stajirovka o‘tashlari uchun xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Stajitovka dasturiga ko‘ra universitetimiz professor-o‘qituvchilari 30-sentabr kuni Qarag‘anda shahridagi “Arselor-Mittal Temirtau” AJ faoliyati bilan tanishdi. Bunda temir yo‘l transportida yuk ortish-tushirish, poyezdlar harakati va manyovr ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha zamonaviy texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, tashish jarayonlarini boshqarish tizimlarini raqamlashtirish, yoqilg‘i-energiya sarfini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish va hisobga olish masalalari yuzasidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashdilar.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram