Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent shahridagi 60-maktabda Toshkent davlat transport universiteti Transport intellektual tizimlari muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtrokida “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” mavzusida boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Ularga Bolalar uchun yo‘l harakati qoidalari ko‘chadagi muammoli vaziyatlar namoyishi bilan tushuntirildi. O‘quvchilar o‘rtasida Yo‘l harakati qoidalari bilish bo‘yicha konkurs tashkil etildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.